Germaniyada boshlangan kuzgi festivallar doirasida antiqa poyga bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Vesti nashri.
Mamlakatdagi ko`llardan birida qovoqlardan yasalgan qayiqlar ishtirokida musoboqa tashkil etilgan. Buning uchun og`irligi kamida 250 kg. bo`lgan ulkan qovoqlar maxsus etishtiriladi. Qovoqli qayiqlar 35 metr masofani bosib o`tishi lozim. G`olib esa 200 evro miqdorida pul mukofotini qo`lga kiritadi.






