1

Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

Madaniyat 05.10.2018, 17:28
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik kabi” mavzuida o`tkazilgan media tadbir Fransiya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan 60 dan ziyod jahonga mashhur olimlar va sharqshunoslarni yig`di. Tadbirda YuNESKOning madaniyat ishlari bo`yicha bosh direktorining o`rinbosari Ernesto Renato Otton Ramires ishtirok etdi.

O`zining intervyusida Ramires oxirgi yillarda mamlakatda moddiy va ma`naviy merosni saqlash uchun ko`rilayotgan choralarning prinsipial jihatdan muhimligini qayd etdi. «Sizlar butun dunyoga O`zbekistonning boy madaniy merosi nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda - Evropa va AQShning asosiy muzeylarida va boshqa mamlakatlarda saqlanayotganini jahonga ko`rsatish ustida ish olib bormoqdasiz. O`ylaymanki, O`zbekistonning bu masalaga aynan mana shunday jiddiy yondashuvi – tadqiqot, namoyish etish, yangi ilmiy tuzilmalar va loyihalar tuzish orqali yondoshuvi – bu ko`plab mamlakatlar uchun namunadir. Tadqiqot – bu nafaqat akademik bilimlarni, balki farzandlarimiz, yangi avlod uchun bilimlarni uzatishning yo`lidir. Biz YuNESKO O`zbekiston bilan faol ishlayotganidan juda xursandmiz».

Media-ivent chog`ida O`zbekistonning Fransiya to`plamlarida saqlanayotgan madaniy merosiga bag`ishlangan ma`ruzalar tinglandi. Masalan, loyiha doirasida Avisenna, Mirzo Ulug`bek, Alishekr Navoiy kabilarning Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan manuskriptlari joy olgan albom kitobi chop etishga tayyorlanmoqda. Luvrda va Fransiyaning boshqa muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining noyob artefaktlari haqida hikoya qiluvchi yana bir nashr jarayonda.

Mediaivent chog`ida “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi”, “O`zbekistonning arxitektura epigrafikasi” loyihasi albom kitoblarini va manuskriptlar faksimil nusxalari turkumini YuNESKO, Fransiyaning etakchi muzey va kutubxonalariga, O`zbekistonning Fransiyadagi edlchixonasiga beg`araz, sovg`a sifatida topshirish aksiyasi o`tkazildi.

O`zbekiston Reespublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev shunday dedi: «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga bo`lg`usi tashrifi arafasida o`tkazilayotgan tadbirlar davomiyligi e`tiborga molik, birinchidan, madaniy meros masalalariga bag`ishlangan bu tadbir, zero, madaniy meros xalqlarimizning tarixiy ildizi hisoblanadi. Bu kabi madaniy hamda sivilizasion-gumanitar masalalar xalqlarimiz o`rtasidagi o`zaro hamfikrlilikni yanada chuqrlashtirishga, xalqlar o`rtasidagi ishonchga, xizmat qiladi, shu bilan birga bugun Fransiyada o`tayotgan bu kabi ulkan tadbirlar ikki mamlakat madaniyatlari o`rtasida ko`prik vazifasini o`taydiki, bu ham o`ta muhim».

«O`zbekistonning barcha mamlakatlar bilan do`stona munosabatlar o`rnatishga qaratilgan yangi ochiqlik siyosati va o`z mamlakati madaniy merosini tiklashga oid intilishlari o`z samaralarini beradi. Loyiha yangi O`zbekistonda fuqarolik institutlari, davlat va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy mas`ul biznes, jahon ilmiy doiralari nafaqat bizning jamiyatimiz uchun, balki butun taraqqiy etgan dunyo uchun ijtimoiy jihatdan ahamiyatli tashabbuslarni ilgari surish yo`lida o`z sa`y-harakatlarini birlashtirganining yorqin misoli hisoblanadi», deydi o`z chiqishida “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” loyihasining muallifi va rahbari Firdavs Abduholiqov.

Media-ivent ishtirokchilari shuningdek, mashhur Luvr muzeyiga, Sharq tillari instituti sharq tillari va sivilizasiyalar milliy instituti (Inalco), qo`shma hamkorlik haqida kelishuvga erishilgan Gima muzeyiga ham tashrif buyurdilar.

“Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” (Cultural Legacy of Uzbekistan in World collections) multimedia loyihasi 2016 yildan beri «Eriell Group» neftservis guruhlarining homiylik ko`magida amalga oshirilmoqda. Bugungacha 20 ta albom-kitob, shuningdek, dunyoning turli muzey va kutubxonalaridagi O`zbekistonning boy madaniy merosiga bag`ishlangan 25 dan ziyod hujjatli filmlar dunyo yuzini ko`rdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1