Zimbabveda vabo tobora avj olmoqda, deb xabar berdi Vesti nashri.
Olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, yana 49 kishi kasallik tufayli hayotdan ko`z yumgan. Yana yuzlab insonlar turli alomatlar bilan shifokorlarga murojaat qilishmoqda. Bu so`nggi 10 yil ichidagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Bunga qarshi kurash olib borilayotgan bo`lishiga qaramay, hozircha jarayonni to`xtatishning iloji bo`lmayapti. Hozirda vaksinalar uchun 35 million dollar ajratilgan. Bu esa 13 ming aholini vaboga qarshi emlash uchun etadi. Shuningdek, suv quvurlarini almashtirish uchun ham mablag` ajratilgan. Chunki epidemiya iflos suv orqali ham keng tarqaladi.






