AsosiyDunyo

Kongoda katta YTH ro`y berdi

'Kongoda katta YTH ro`y berdi'ning rasmi

Kongo Demokratik respublikasida katta YTH ro`y berdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Voqea poytaxtdan 130 km uzoqlikda sodir bo`lgan. Gap shundaki, yoqilg`i tankeri engil avtomobil bilan to`qnashib ketgan. Shundan so`ng ro`y bergan portlash kamida 39 kishini hayotdan olib ketdi.80 dan ortiq inson kuyish jarohatini olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini ma`lum qilishmoqda. Fojeaga yo`llarning yomon ahvoldaligi sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Ushbu hududda avval ham shu kabi hodisa sodir bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar