AQShning Nyu-York shaxri yaqinida to`y korteji ishtirokida to`qnashuv sodir bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Limuzin boshqa avtomobilga to`qnashib ketgan va yo`l yoqasidagi piyodalarni urib yuborgan. Hodisa oqibatida 20 kishi halok bo`ldi. Guvohlarning so`zlariga qaraganda, limuzin soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlangan. Ayni vaqtda voqea joyida favqulodda xizmat xodimlari ish olib borishmoqda, polisiyachilar hodisa tafsilotlarini o`rganishmoqda.






