Avstriyadagi Klagenfurt shahri sudi mahalliy bog`bonni asalarilar qotili sifatida aybladi, deya ma`lum qildi “Argumenti i fakti” nashri.
Ma`lum bo`lishicha, bog`bon asalarilardan bezor bo`lgan va bog`idagi gullarga ataylab zahar sepib chiqqan. Oqibatda tumandagi 50 ta koloniyadagi asalarilar halok bo`lgan.
Sud bog`bonni bir yil qamoq jazosiga hukm qildi.






