AsosiyDunyo

"Google+" ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilar uchun yopilishini ma`lum qildi

'"Google+" ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilar uchun yopilishini ma`lum qildi'ning rasmi

“Google” kompaniyasi “Google+” ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilar uchun yopilishini ma`lum qiladi. Ushbu loyiha 2011 yilda joriy etilgan bo`lib, 2019 yilning avgust oyiga qadar o`z faoliyatini to`xtatadi” deb “Google”ning ishlanmalar bo`yicha vise-prezidenti Ben Smit o`z blogida qayd qoldirdi.

Ben Smit “Google+”ning iste`mol varianti yopilishiga ikkita sabab keltirgan. Birinchidan, xizmat foydalanuvchilar ichida ommalashmagan. Buni tarmoqning 90 foiz seansi 5 sekunddan oshmasligi ham ko`rsatmoqda. Ikkinchidan esa loyiha kodida o`tkazib yuborilgan xatolik evaziga 2015-2018 yillar orasida 500 mingga yaqin foydalanuvchining ism-sharifi, jinsi, yoshi, elektron pochta manzili va ish joyiga oid shaxsiy ma`lumotlari chiqib ketishi mumkin edi.

Ben Smitning so`zlariga ko`ra, “loyihani ishlab chiqqanlar mazkur xatolikdan xabardor bo`lgan va undan o`z maqsadlarida foydalangan“ degan ehtimolga ishonishga “Google“ning asosi yo`q. Chunki 2018 yilning mart oyida dasturdagi kemtiklik ilk marta aniqlangan bo`lgan.

“Google+”dagi kamchiliklar ommaviy oshkor etilgunga qadar, “The Wall Street Journal” ham tarmoqning tez orada yopilishini xabar bergandi. Nashr ehtimoliga ko`ra, agar kompaniya dasturdagi xatolikni bir necha oy davomida sir tutmay, mart oyining o`zida ma`lum qilganida edi, tartibga soluvchi organlar va jamoatchilik e`tiborini tortgan bo`lardi. Boisi xuddi shu vaqtda “Facebook” “Cambridge Analytica” aybi bilan shaxsiy ma`lumotlar keng ko`lamda chiqib ketganiga iqror bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar