1

Sho`rchida sarmast kuyov qaynonasining avtomashinasini yoqib yubrdi

Jinoyat 10.10.2018, 09:53
Sho`rchida sarmast kuyov  qaynonasining avtomashinasini yoqib yubrdi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidagi "Katta Sovur" mahallasida yashovchi 27 yoshdagi Shomir Qo`rqmasov yaxshigina shirakayf bo`lib, shu mahallada yashaydigan qaynonasi Nozimgul Jumaevaning (ism-shariflar o`zgartirildi) uyiga yo`l oldi.

Qurg`ur spirtli ichimlik Sh.Qo`rqmasovni qo`rqmas qilib qo`ydi chog`i, o`z kuchini ko`rsatib, uning boshini qizdirdi va xayolidagi turli o`y-fikrlarni qo`zg`atdi.

Soat 10:00 lar chamasi qaynonasining uyiga etib kelgan kuyovto`raning ko`zi hovlida turgan “Neksiya” rusumli qiymati 35 million so`mlik avtomashinaga tushdi va o`ylab o`tirmay, uni yoqib yubordi.

Shunday qilib, sarmast kuyov dastidan 49 yoshdagi qaynona bir zumda engil avtomashinasiz qoldi. Kuyov esa qilgan qilmishining oqibatidan chuqur o`yga toldi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda Sh. Qo`rqmasovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1