Rossiyaning Amur viloyatida temiryo`l ustidan o`tgan avtomagistral qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Buning oqibatida esa 1 kishi jarohat olib, kasalxonaga etkazildi. Qurbonlar yo`q. Bu vaqtda ko`prikda harakatlanayotgn yuk mashinasi va yana bir nechta engil avtomobillarga zarar etgan. Bu holat temiryo`l harakatiga ham o`z ta`sirini ko`rsatdi, ya`ni ushbu hududda vagonlar to`xtab qolgan. Qulash sabablari hozircha noma`lum.






