AsosiyDunyo

"Barselona" yarim himoyachisi turkiyalik qo`shiqchining burnini sindirdi

'"Barselona" yarim himoyachisi turkiyalik qo`shiqchining burnini sindirdi'ning rasmi

Transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo`lgan "Istanbul Bashakshexir" yarim himoyachisi Arda Turan Istanbuldagi tungi klublarning birida turkiyalik qo`shiqchi Berkay Shexinga hujum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, futbolchi qo`shiqchining xotini Ozlem Shaxinga tegajog`lik qilgan, natijada ayolning eriga tashlanib, uning burnini sindirgan.

Berkay Shaxin kasalxonaga yotqizildi va operasiya qilindi. Voqeadan so`ng Turan mushtlashuvda jabr ko`rgan qo`shiqchidan kechirim so`radi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning may oyida "Sivasspor"ga qarshi bahsda (1:1) laynsmenni turtib yuborgani uchun 16ta o`yinga diskvalifikasiya qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar