AsosiyJamiyat

Umurtqa deformasiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

'Umurtqa deformasiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qo`llaniladigan qurilma yaratdilar.

Qurilma umumiy o`q bo`ylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan bo`lib, tishlar bilan ta`minlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen ko`rinishida bajarilgan va fiksasiyalovchi gayka bilan ta`minlangan, ikkinchi tayanch ichki o`q bo`ylab rezbali kovak silindr ko`rinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi bo`sh tayanchda esa o`rnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.

Mualliflar Shohaydar Shotursunov, Sanjar Qo`chqortoev, Rustam Musaev, Komil Qoraqulov va Suhrob Solievga ushbu qurilma uchun foydali model patenti berildi.

    Boshqa yangiliklar