AsosiyJamiyat

Qarg`aga 32 tilda gapirishni o`rgatgan o`zbekistonlik yigit 27 yoshida olamdan o`tdi (video)

'Qarg`aga 32 tilda gapirishni o`rgatgan o`zbekistonlik yigit 27 yoshida olamdan o`tdi (video)'ning rasmi

Surxondaryolik hayvon o`rgatuvchi, o`ziga tegishli qarg`aga ko`plab tillarda gapirishni o`rgatgan Shodibek Choriev 27 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda «Daryo»ga uning oila a`zolari ma`lum qildi.

Yigit 9 oktyabr kuni olamdan o`tdi.

Ma`lum bo`lishicha, u biriktiruvchi to`qima diffirensiallashmagan diffuz kasalligi, kardit, gepatit va boshqa bir qancha kasalliklardan aziyat chekib kelgan.

Shodibek 1991 yili Surxondaryoning Sherobod tumanida tug`ilgan. U O`rta Osiyoda yagona bo`lgan Gosha laqabli 32 tilda so`zlashuvchi qarg`asi bilan mashhurlikka erishgan.

    Boshqa yangiliklar