AsosiyJamiyat

Samarqandda musiqaga hamohang tovlanuvchi yangi favvora qurildi

Samarqandda Shahar kuni arafasida yangi favvora ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Samarqand har yili ko`p sonli mehmon va sayyohlarni o`ziga jalb etadi. Qayta ta`mirlangan hashamatli tarixiy inshootlar, saqlanib qolgan qadimgi yodgorliklar atrofidagi obod hududlar, yangi yo`llar, istirohat bog`lari qadimgi madaniyat va zamonaviylikni uyg`unlashtiradi. Favvoralar shahar qiyofasiga o`ziga xos ko`rk baxsh etadi.

Obodonlashtirish departamentining favvora va artezian quduqlardan foydalanish bo`limi boshlig`i M. Mamatqulovning ma`lum qilishicha, hozirda shaharda 38 ta favvora ishlab turibdi. Shahar markazida joylashgan ushbu favvoralarning birida qayta ta`mirlash ishlari olib borildi, gidrotexnik inshootlar o`zgartirildi va ta`mirlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligining matbuot xizmati.

Endilikda, mazkur suv ob`ekti samarqandliklarni yoqimli tarona bilan xursand qiladi, favvoradan tizillab oqayotgan suv esa xilma-xil ranglarda tovlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar