16 oktyabr kuni San-Fransiskoda 30 ta taniqli ishlab chiqaruvchilar ishtirokida qadimiy gilamlar va tekstil mahsulotlarining an`anaviy har yillik ko`rgazmasi boshlanadi, deb xabar bermoqda Uz24.
Bu yilgi festival doirasida Dennis Markvandning shaxsiy kolleksiyasidan o`rin olgan o`zbek va qirg`iz gilamlarining maxsus ko`rgazmasi ham bo`lib o`tadi.
Dennis Markvand bu turdagi materiallarni yig`uvchi eng mashhur kolleksionerlardan biri hisoblanadi. Ko`rgazmada gilamlar uning o`g`li Uesli Markvand tomonidan namoyish etiladi.





