AsosiyJamiyat

Toshkentda isitish mavsumi boshlanmoqda

'Toshkentda isitish mavsumi boshlanmoqda 'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi. Unga ko`ra, 2018 yil 16 oktyabrdan ijtimoiy soha ob`ektlarida, 2018 yil 19 oktyabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolardan o`z xonadonlarida issiqlik ta`minoti tizimining barqaror ishlashi uchun yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilishini so`ralgan.

Qayd etish kerakki, o`tgan mavsumda isitish tizimi ijtimoiy soha ob`ektlarida 2017 yil 10 noyabrdan, turar-joy binolarida 2017 yil 12 noyabrdan boshlangan edi.

    Boshqa yangiliklar