Turkiyaning Izmir sudi 2016 yil davlat to`ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblangan amerikalik pastor Endryu Bransonni 3 yilu bir oy 15 kunlik qamoq jazosiga mahkum qilib, uni uy qamog`i saqlayotgan edi, deya xabar qildi News.day.az nashri.
Turkiya va AQSh o`rtasida Branson bo`yicha maxfiy kelishuvga erishilgani ma`lum qilingandi. Unga ko`ra, Turkiya Bransonni ozod qiladi, AQSh esa buning evaziga Turkiyaga iqtisodiy bosimni zaiflashtiradi. Ozod etilgan Endryu Branson Turkiyani tark etdi. Ta`kidlanishicha, sud Branson hibsda ushlab turilgan vaqtni hisobga olib, undan barcha ehtiyot choralarini, jumladan, mamlakatni tark etish taqiqlovini olib tashlagan. Bransonning o`zi esa so`nggi so`zida “Men aybdormasman, Turkiyani yaxshi ko`raman va oqlanishni istayman”, deb aytgan.






