AsosiyDunyo

Germaniyada poezd yonib ketdi

'Germaniyada poezd yonib ketdi'ning rasmi

Germaniyada poezd harakatlanayotganda yonib ketdi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.

Kyoln–Myunxen yo`nalishi bo`yicha qatnovni amalga oshirayotgan poezdning oxirgi 2 vagoni to`liq yonib ketgan. Hodisa ikki stansiya orasida ro`y berdi. Olov 80 daqidada o`chirilgan. Undagi 510 yo`lovchi evakuasiya qilingan, 5 kishi engil jarohat olgan. Qurbonlar yo`q. Ta`kidlanishicha, yo`lovchilar avtobuslarda yaqin oradagi stansiyaga etkazilib, u erdan o`z manzillariga etib olishdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in texnik nosozlik sababli yuz bergan.

    Boshqa yangiliklar