1

Kumushxon Fayzullaeva: «Vatanim uchun oltin medal taqdim eta olganimdan xursandman»

Sport 14.10.2018, 15:22
Teglar: Foto
Kumushxon Fayzullaeva: «Vatanim uchun oltin medal taqdim eta olganimdan xursandman»

Og`ir atletikachi Kumushxon Fayzullaeva -63 kg vazn toifasida eng yaxshi natijani ko`rsatib, oltin medalga sazovor bo`ldi.

Albatta, medal uchun kurash oson kechgani yo`q. Hamyurtimiz shohsupaga ko`tarilgach, madhiya vaqtida ko`z yoshlarini tiyib tura olmadi. Ushbu muvaffaqiyatdan so`ng biz MOQ matbuot xizmati Kumushxon Fayzullaevaning fikrlari bilan qiziqdi.

«O`smirlar Olimpiadasiga uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rgandik. Mana, mehnatlarimiz samarasi o`laroq, oltin medalni qo`lga kiritdik. Terma jamoamiz hisobiga ushbu medalni qo`shib qo`ya olganimdan xursandman. Judayam hayajonlandim. Birinchi o`rin va oltin medal o`z-o`zidan kelmaydi. Buning zamirida ulkan mehnat va murabbiylarimning katta hajmdagi ishlari yotibdi.

Fursatdan foydalanib, barchaga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.Sportda eng asosiysi, qat`iy tartibga rioya qilish lozim. Shunda natijalar keladi. Buni murabbiylarimiz shtabi ham tasdiqlaydi. Bu borada mening omadim kelgan. Ular bizni o`qitishadi, tarbiyalashadi va maqsadlarimiz sari etaklashadi», – dedi sportchi.

Terma jamoamiz murabbiyi Bahrom Mendiboev ham muvaffaqiyatdan so`ng o`z xursandchiligini yashira olmadi.

«Kumushxon Fayzullaeva o`smirlar Olimpiya o`yinlarining oltin medaligacha bo`lgan yo`lni uzoq vaqt davomida bosib o`tdi. U 2018 yilgi Osiyo va jahon chempionidir. Olimpiya o`yinlarida bizga Shimoliy Koreya, Tailand va Bolgariya kabi mamlakat sportchilari asosiy raqib hisoblanardilar. Biz ularni yaxshilab o`rganib chiqqandik. Shimoliya Koreya sportchisi xato sababli o`z ishtirokini davom ettira olmadi. Bolgariyalik sportchi qiz esa o`smirlar o`rtasidagi Evropa chempioni hisoblanadi. Raqiblar kuchli edi, biroq biz ularni mag`lub eta oldik.

Bunday natijalar bizni yanada ruxlantiradi. Endi noyabr oyida Ashxobodda kattalar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi. Kumushxon u erda ham ishtirok etadi.Fursatdan foydalanib, yaratib berilgan sharoitlar uchun Milliy olimpiya qo`mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O`zbekiston og`ir atletika federasiyasiga minnatdorchilik bildiraman. O`zbekiston hukumati sportga katta e`tibor qaratmoqda. Biz esa o`z navbatida yuqori natijalar orqali bildirilgan ishonchni oqlaymiz», – dedi murabbiy.

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1