AsosiyJamiyat

O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi

'O`qituvchilarni qo`shimcha rag`batlashtirish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari mehnatini qo`shimcha rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo`yildi.

Qaror loyihasida quyidagilar ham keltirilgan:

Hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan o`quvchilarni tayyorlagan umumiy o`rta ta`lim maktablari pedagog kadrlari quyidagi tartibda eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilab qo`yilsin:

– fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman, shahar) bosqichida 1, 2, 3-o`rinlarni qo`lga kiritgan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 10, 9, 8 barobari miqdorida;

– fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida 1, 2, 3, 4, 5-o`rinlarni qo`lga kiritgan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 20, 15, 13, 11, 10 barobari miqdorida;

– fan olimpiadalarining to`rtinchi (respublika) bosqichida 1, 2, 3-o`rinlarni qo`lga kiritgan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini tayyorlagan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining tegishli ravishda 40, 35, 30 barobari miqdorida;

– xalqaro fan olimpidalarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan oltin, kumush, bronza medallari sohiblari bo`lgan umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilarini tayyorlangan pedagoglarga – eng kam oylik ish haqining 50, 45, 40 baravari miqdorida.

Hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan o`quvchilarni tayyorlagan pedagoglar belgilangan tartibda umumta`lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiya qarori asosida umumiy o`rta ta`lim maktablari direktorlarining buyrug`i bilan bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Qaror loyihasi 30 oktyabrgacha muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar