Somalining janubi-g`arbiy qismida joylashgan Baydabo shahrida ketma-ket portlash ro`y berdi, deb xabar berdi TASS nashri.
Buning oqibatida 16 kishi halok bo`ldi, 40 ga yaqin kishi jarohat oldi. Shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini ta`kidlashmoqda. Reuters axborot agentligi tarqatgan ma`lumotga ko`ra, birinchi portlash shaharning markaziy ko`chasi yaqinidagi restoranda sodir etilgan. Unda 7 kishi halok bo`ldi. Qahvaxonada sodir etilgan ikkinchi portlash oqibatida 9 kishi hayotdan ko`z yumdi. Har ikki voqea ham xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirildi.






