Turkiya g`arbidagi Izmir viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan yuk mashinasi halokatga uchradi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Gap shundaki, transport vositasi daryoga ag`darilib ketgan. YTH oqibatida 19 kishi qurbon bo`ldi. Bundan tashqari yana 11 nafar inson tan jarohati olgani xabar qilinmoqda. Yuk mashinasi Istanbul-Izmir trassasi bo`ylab ketayotgan edi. Muhojirlar qaysi davlat fuqarolari ekani ma`lum emas. Mahalliy OAV tarqatgan xabarlarga qaraganda, haydovchi harakat vaqtida boshqaruvni yo`qotgan.






