Cherepovesda Nigeriya shahzodasi Gabriel Segun vafot etdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Shahzoda Vologda viloyati fuqarosi bo`lmish Natalya Vedeninaga uylangan edi.
Ma`lum bo`lishicha, 32 yoshli shahzoda “Platina” ko`ngilochar klubida infart tufayli qazo qilgan.
Uning 50 yoshli turmush o`rtog`ining aytishicha, Segun yuragidan sira shikoyat qilmagan.
Nigeriyadan shahzodaning qarindoshlari dafn marosimiga etib kelisholmaydigan bo`ldi, negaki hujjatlarni rasmiylashtirish juda ko`p vaqtni oladi.






