Gvatemalada 3 mingdan ortiq gondurasliklar o`z vatanlaridagi qashshoqlik va zo`ravonlikdan qochib, qo`shni mamlakat chegarasidan o`tishmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
“Muhojirlar karvoni” deb nomlanuvchi muxojirlar oqimi yoshlar, qariyalar, ayollar, bolalar, xullas, barcha yoshdagi insonlardan iborat. Gvatemala shahrida polisiya bilan ro`y bergan to`qnashuvdan so`ng ular Eskuipulas shahri tomon yo`l olishdi. AQSh vise-prezidenti Mayk Pens Markaziy Amerikani ommaviy migrasiyani to`xtatishga chaqirdi.






