AsosiyDunyo

Florida shtatida Maykl dovuli hamon davom etmoqda

'Florida shtatida Maykl dovuli hamon davom etmoqda'ning rasmi

AQShning Florida shtatida Maykl dovuli hamon davom etmoqda, deb xabar berdi RENtv.ru nashri.

Bu erda minglab uylar turli darajada zarar ko`rgan bo`lsa, yana minglab oilalar elektr tarmog`idan uzilib qolgan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp shtatga borib, vaziyat bilan tanishdi. U aholi bilan uchrashib, qanday yordam kerak bo`lsa, barchasini berishga tayyor ekanini ta`kidlagan. Shu vaqtga qadar tabiiy ofat 18 kishining o`limiga sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar