Germaniyaning Kyoln shahridagi temiryo`l stansiyasida noma`lum shaxs bir necha kishini garovga oldi, deya xabar qilmoqda The Guardian nashri.
Voqea joyiga etib kelgan polisiya jinoyatchini qo`lga olib, garovdagilarni qutqarishga muvaffaq bo`lgan. Biroq bunga qadar u garovga olingan odamlarga jiddiy bo`lmagan jarohat etkazib ulgurgan edi. Polisiya bilan otishma vaqtida uning o`zi ham jarohat olgan. Ushbu jarayon vaqtida stansiyadan barcha yo`lovchilar evakuasiya qilindi. Qutqaruv amaliyayoti vaqtida jinoyatchiga qarata o`q uzilgan. Natijada esa u jarohat olgan.






