AsosiyDunyo

Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

'Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi talon-toroj qilishda gumonlanmoqda'ning rasmi

Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi davlat byudjeti mablag`larini juda ko`p miqdorda talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar qildi Sputnik.

Qozog`istonning Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash ishlari bo`yicha agentligi xabarida aytilishicha, diplomat “mas`uliyatli davlat lavozimini egallab turgani holda, Qozog`istonning O`zbekistondagi ma`muriy binosida qurilish ishlarini amalga oshirish bo`yicha qasddan soxta hujjat imzolagan”.

“Noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida etkazilgan zarar miqdori 140 million tengedan oshib ketgan”, - deyilgan xabarda.

2016 yil aprelidan beri Erik Utembaev Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar