Yaponiyaning "Toyota" avtokonsern 423 ming dona “lyuks” klassidagi avtomobillarini qaytarib oladi. Ularda nuqsonlar paydo bo`lgani shunday qarorga sabab bo`ldi. Qaytarib olinadigan mashinalarga beshta model kirib, ular 2006-2011 yillarda ishlab chiqarilgan, deya xabar beradi TASS.
Ularda yonilg`ini uzatib berish tizimida nosozlik chiqqan. Nazariy jihatdan ushbu holat yong`inga olib kelishi mumkin, ammo hozircha bunday holat qyd etilgani yo`q. AQShga kelib tushgan shunday mashinalarning barchasi sotib bo`lingan.
Bu konserning qaytarib olish to`g`risidagi ikkinchi qaroridir. Bundan avvao “Toyota” 1.75 million dona sotilgan mashinani qaytarib olgan.