AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kutubxonalar assosiasiyasi tashkil etildi

'O`zbekistonda kutubxonalar assosiasiyasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekistondagi 20 ta turli vazirlik va idoralarga qarashli 12 mingdan ziyod kutubxonalarning ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga metodik yordam ko`rsatish va xalqaro tajribani joriy etish maqsadida O`zbekiston kutubxonalari assosiasiyasi tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston milliy kutubxonasida o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Assosiasiyaning asosiy vazifalari etib axborot-kutubxona faoliyati to`g`risidagi qonun ijrosini ta`minlash uchun qonunosti hujjatlari ishlab chiqish, taklif va tavsiyalar kiritish, kutubxonachilik ishini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularni xolis ekspertizadan o`tkazish, istiqbolli rejalari va dasturlarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalarining oshkoraligini ta`minlash, kutubxonachilik ishi va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash kutubxonachilik ishining barcha sohalari va kutubxona jarayonlariga aloqador axborot texnologiyalari bo`yicha tadqiqotlar o`tkazish, ularni muvofiqlashtirib borishni qo`llab-quvvatlash va ularga yordam berish kabilar belgilandi.

Yig`ilishda O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriev ham ishtirok etdi. Unda tashkiliy masalalar ham ko`rilgan. Xususan, Agentlik tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona direktori Alisher Abduazizov assosiasiya raisi etib saylandi.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida foydalanishni ta`minlash, kutubxona va axborot-resurs markazlari fondida mavjud adabiyotlarning elektron hisob-kitobini yuritish ishlarini takomillashtirish va markazlashtirish, yagona bazasini shakllantirib boradi.

    Boshqa yangiliklar