AsosiyJamiyat

O`zbekistonda fuqarolarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi

'O`zbekistonda fuqarolarni chet elda ishga joylashtiruvchi xususiy agentliklar tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Xususiy bandlik agentliklari to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko`ra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo`yicha faoliyat bilan endilikda, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shug`ullanishi mumkin.

Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish bo`yicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan.

Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo`yicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash bo`yicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini ko`rsatadi.

Bunda chet elda ish bilan ta`minlash bo`yicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi.

Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish uchun ellik ming AQSh dollari miqdoridagi mablag`larni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida zaxira qilib qo`yadi.

Mazkur mablag`lar lisenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi.

    Boshqa yangiliklar