Toshkent shahar IIB xodimlari yo`qolib qolgan 14 yoshli qiz uyga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tezkor guruh kechki soat 2:00 da sovuq qotgan qizni Beruniy ko`chasidagi «Sharq» supermarketi oldidan topib oldi. Qiz idoraga olib ketildi.
Surishtiruv ishlaridan so`ng qizning onasi 14 oktyabr kuni qizini qidirib ichki ishlar idoralariga murojaat etgani ma`lum bo`ldi. Qidiruv sakkiz soat davom etgandi.
Qiz uyiga olib borib qo`yildi.






