1

O`zbekiston va Rossiya hamkorlikda raqamli kommunikasiyalarni rivojlantiradi

Jamiyat 18.10.2018, 13:09
O`zbekiston va Rossiya hamkorlikda raqamli kommunikasiyalarni rivojlantiradi

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi o`z ishin davom ettirmoqda.

Poytaxtimizdagi “O`zekspomarkaz”da O`zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tomonidan Rossiya Federasiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum doirasidagi yig`ilishlar sho``balarga bo`lingan holda davom etmoqda.

Mazkur forumning 2-sho``ba yig`ilishi “Raqamli transformasiya – O`zbekiston va Rossiya uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida bo`lib o`tdi.

Unda har ikki mamlakatning axborot va kommunikasiya sohalari vakillari ishtirok etishdi. Yig`ilishda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, axborot xavfsizligini ta`minlash, davlat boshqaruv tizimini raqamlashtirish singari masalalar bo`yicha fikr almashdilar.

— Bugungi kunda axborot kommunikasiyalari tobora rivojlanib bormoqda, – deydi “Roskosmos” Davlat korporasiyasining Qozog`istondagi vakili Anatoliy Krasnikov. – Ma`lumki, Rossiya kosmik texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Bu borada O`zbekiston bilan hamkorlik rivojlanayotgani quvonarli hol. Jumladan, O`zbekiston uchun Rossiya va Qozog`iston hamkorligida faoliyat ko`rsatayotgan kosmikstansiyalar xizmatidan foydalanish imkoni mavjud. Bu o`z navbatida O`zbekiston uchun axborot xavfsizligini ta`minlash, internet tezligini oshirish, teleeshittirishlar sifatini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1