1

Toshkent aeroportida yashirincha olib kirilayotgan o`q-dorilar aniqlandi

Jamiyat 18.10.2018, 15:47
Toshkent aeroportida yashirincha olib kirilayotgan o`q-dorilar aniqlandi

Turkiya va Rossiyadan kelgan yo`lovchilariga tegishli bo`lgan yuklar orasida o`q-dorilar borligi aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha uchib kelgan fuqaro A.F.ning bojxona nazoratidan yashil yo`lak orqali o`tayotib, bezovtalanishi bojxonachilarda shubha uyg`otdi.

Shundan so`ng unga tegishli bagaj nazorat-rentgen apparati ko`magida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 35 dona travmatik qurol o`qlari yashirilganligi fosh bo`ldi.

Shuningdek, “Moskva-Toshkent” reysi bo`yicha parvozini yakunlagan K.D. ismli shaxs ham o`zi bilan 1 dona 12 mm. kalibrli patronni noqonuniy ravishda olib kirayotgan paytida to`xtatib qolindi.

Hozirda ushbu o`q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan va mazkur holatlar yuzasida bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1