1

Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi»da yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 18.10.2018, 17:00
Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi»da yong`in sodir bo`ldi

18 oktyabr kuni soat 8:10 atrofida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi»ning ikkinchi qavatida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Samarqand viloyati Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, voqea joyiga etib borgan yong`in xavfsizligi bo`linmalari soat 9:20da yong`inni bartaraf etishgan. Binoning ikkinchi qavatida joylashgan «Kovorking markazi»ning 60 kv.m. plastikli shifti va tunukali tom qismi yong`indan zarar ko`rgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga Payariq tumani hokimi, Samarqand viloyati IIB YoXB, tuman prokuraturasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari etib borishgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1