1

2018-2019 yillarda rossiyalik hamkorlar bilan 101 ta loyiha amalga oshiriladi

Jamiyat 18.10.2018, 19:53
2018-2019 yillarda rossiyalik hamkorlar bilan 101 ta loyiha amalga oshiriladi

O`zbekiston – Rossiya ishbilarmonlar kengashi majlisida rossiyalik ishbilarmonlar hamkorligida mamlakatimizda ishlab chiqarish va transport-kommunikasiya infratuzilmasini modernizasiyalash, moliya institutlari bilan investisiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbir doirasida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari Sunnatilla Bekenov O`zbekiston – Rossiya hamkorligida ro`yobga chiqarilayotgan va ishga tushirilishi kutilayotgan investisiyaviy loyihalar haqida ma`lumotlar berdi.

– Mamlakatimizda xorijiy investisiya hisobiga sanoatni modernizasiya va diversifikasiya qilish borasidagi qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya misolida oladigan bo`lsak, 2017 yilda hamkorlikda 10 ta yirik loyiha ishlab chiqilib, amaliyotgan muvaffaqiyatli joriy etildi. Hozirgi kunda birgina temir yo`l sanoatida umumiy qiymati 378,3 million dollar miqdoridagi loyihalarni hayotga tatbiq etish ishlari davom etmoqda. 2018-2019 yillarda yana 101 ta loyihani mamlakatimizda ishga tushirish bo`yicha aniq rejalarga egamiz, – dedi S.Bekenov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1