Huquq-tartibot organlari tomonidan kelib tushgan tezkor ma`lumotlar asosida “Farg`ona Avtosavdo” MChJ dilerlik markaziga operativ tekshiruv yuborildi, deb xabar qildi “O`zavtosanoat” AJ matbuot xizmati.
Tekshiruv vaqtida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
- Ayrim mas`ul shaxslar tomonidan korxona faoliyati bo`yicha qarorlar qabul qilishda vakolatdan chetga chiqish;
- “GM Uzbekistan”ning “InfinBank” ATB bilan o`tkazilgan aksiyasi doirasida xaridorlarga velosiped hamda 1 mln.so`m chegirma taqdim etilmaganlik holatlari;
- avtomobillarni saqlash omborxonasi kompaniya tomonidan qo`yilgan talablarga javob bermasligi;
- kunlik tarzda yangilanishi lozim bo`lgan shartnoma uchun ajratilgan avtomobillar to`g`risida axborot monitorining ishlamasligi;
- tashrif buyuruvchilarni qabul qiladigan resepshn xizmati standartlarga javob bermasligi, servis-menedjerning yo`qligi.
O`tkazilgan ishlar natijasida “Farg`ona Avtosavdo” dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Botirjon Akbarov zimmasiga yuklandi.
“O`zavtosanoat” ma`lum qilishicha, OAVda 73 nafar fuqaroning pullarini o`zlashtirgan “Farg`ona avtosavdo” avtosaloni xodimining noqonuniy ishlari haqida ma`lumot chop etilgan.
Mazkur harakatlar yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.






