AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan “shabkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo`ydi

'GM Uzbekistan “shabkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo`ydi'ning rasmi

GM Uzbekistan joriy yil 19 oktyabr holatiga dilerlarda avtomobil xarid qilish uchun 24 058 dona shartnomalar mavjudligini ma`lum qildi.

Shundan 9486 dona “Spark”, 2007 dona “Nexia”, 3325 dona “Cobalt”, 6515 “Lacetti” hamda 2725 dona “Malibu”.

Shartnomalarni olish uchun murojaat qilish mumkin bo`lgan dilerlik avtosalonlari ro`yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Xabarda aytilishicha, taqsimot asosida avtomobil xarid qilishni istagan xaridorlar shartnoma tuzish uchun to`g`ridan-to`g`ri dilerlarga murojaat qilishlari mumkin.

Ro`yxat kunlik tarzda yangilanadi hamda imzolangan shartnomalarga qarab o`zgarib boradi.

    Boshqa yangiliklar