AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining «Xalqlar do`stligi» bekatida bir tomon chiqish yo`li yopiladi

'Toshkent metrosining «Xalqlar do`stligi» bekatida bir tomon chiqish yo`li yopiladi'ning rasmi

Toshkent metropolitenining «Xalqlar do`stligi» bekatida bir tomonga chiqish yo`li bir oy davomida — 20-oktyabrdan 20 noyabrgacha ishlamaydi.

Yo`lovchilar Islom Karimov ko`chasiga chiqishdan vaqtincha foydalana olmaydi. Ikkinchi chiqish yo`li odatiy tartibda ishlaydi.

Bu davr mobaynida bekatdagi eskalatorlar kapital ta`mirlanadi.

Metropoliten ma`muriyati toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar