AsosiyJamiyat

Yaponiyada hibsda ushlab turilgan O`zbekiston fuqarosi ozod etildi

'Yaponiyada hibsda ushlab turilgan O`zbekiston fuqarosi ozod etildi'ning rasmi

2018 yil 26 sentyabr kuni ta`lim olish maqsadida Yaponiyaga ketgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Yaponiya do`konlaridan birida 800000 yena o`g`irlaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi.

2018 yilning 4 oktyabrida ushbu vatandoshimizning onasi O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasiga yordam olish maqsadida murojaat qildi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Izboskan tuman Kengashi va «Taraqqiyot» mahalla fuqarolar yig`ini bilan hamkorlikda Yaponiyadagi hamyurtimiz ishini engillashtirish uchun tavsiyanomalar yo`llandi.

Shu hodisadan xabar topgan O`zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi konsuli - Erkin Tohirov, O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Yaponiyadagi vakili - Jo`rabek Xasanov va Yaponiyadagi O`zbekiston yoshlari assosiasiyasi ishchi guruhi vatandoshimiz holidan xabar olib, voqea tafsilotlari bilan qiziqdi va muammoni atroflicha o`rganib chiqdi. Advokat bilan hamkorlikda O`zbekiston fuqarosining aybsizligini isbotlovchi kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam berdi.

2018 yilning 17 oktyabr kuni ushlab turilgan vatandoshimizning aybini isbotlovchi dalillar etarli emasligi sababli u javobgarlikdan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar