Toshkentda 22-26 oktyabr kunlari “O`zeksposentr” - milliy ko`rgazmalar markazida InnoWeek – innovasion hoyalar haftaligi bo`lib o`tadi, deb xabar qilmoqda O`zA.
“InnoWeek” dasturi doirasida innovasion texnologiyalar birinchi xalqaro yarmarkasi, xalqaro innovasion va investision forum va yoshlar robototexnika chempionati bo`lib o`tadi", - deyilgan xabarda.
Tadbirda O`zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi vakillari, mahalliy va xorijiy etakchi ilmiy – izlanish muassasalari va korxonalari vakillari, investision fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlar ishtirok etadi.
Tadbirda Avstraliya, Britaniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog`iston va AQSh vakillari ishtirok etadi.
O`zbekiston innovasion rivojlanish vazirligi xabariga ko`ra, “InnoWeek” – bu bo`lajak sarmoyadorlar va O`zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda O`zbekistonda va xorijda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni namoyish qilishga qaratilgan.
Hafta davomida shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, moliya, qishloq xo`jaligi va davlat boshqaruvi sohalarida ishlab chiqilgan innovasiyalar namoyish qilinadi.






