AsosiyJamiyat

Qanday bemorlar ambulatoriyada davolanishda imtiyozli dori vositalari bilan ta`minlanadi?

'Qanday bemorlar ambulatoriyada davolanishda imtiyozli dori vositalari bilan ta`minlanadi?'ning rasmi

Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega. Adliya vazirligining “ Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

- Onkologik kasalliklarga chalinganlar;

- Sil kasalligiga chalinganlar;

- Moxov kasalligiga chalinganlar;

- Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

- Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

- OIV kasalligini yuqtirganlar;

- Yurak klapanini protezlash va organlarni ko`chirish yuzasidan operasiya qilingan shaxslar;

- O`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz pensionerlar;

- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;

- Baynalmilalchi jangchilar;

- Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob`ektlarida o`tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

    Boshqa yangiliklar