AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Hindiston rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Hindiston rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi prezidenti Ram Nath Kovindga, bosh vaziri Narendra Modiga va do`st Hindiston xalqiga Panjob shtatining Amritsar shahrida yuz bergan temir yo`l fojiasi oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lishi munosabati bilan chuqur ta`ziya bildirdi.

TIV xabariga ko`ra, davlat rahbari qurbon bo`lganlarning oilalariga va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini izhor etgan, jarohatlanganlarga esa tez muddatlarda sog`ayib ketishlarini tilagan.

Eslatib o`tamiz, Hindistonning Amritsar shahrida poezdning olomon ustiga yurib ketishi oqibatida 59 kishi halok bo`lgan, yana 57 kishi turli tan jarohati olgan.

    Boshqa yangiliklar