AsosiyJamiyat

Bog`chaga bolani qo`yishda kimlarga imtiyozlar beriladi?

'Bog`chaga bolani qo`yishda kimlarga imtiyozlar beriladi?'ning rasmi

O`zbekistonda bog`chaga bolani qo`yishda ba`zi toifadagi shaxslarga imtiyozlar beriladi. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lumot berdi.

Ular:

- nogiron bo`lgan shaxslarning bolalari;
- uch nafar yoki undan ko`p bolalari bo`lgan oilalarning bolalari;
- harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari;
- etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
- boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar;
- akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar.

Bunda mazkur ro`yxatdagi bolalarga bog`chada bo`sh o`rinlar mavjud bo`lganda birinchi navbatda yo`llanma beriladi.

    Boshqa yangiliklar