Joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o`tuvchi A-380 «Buxoro-Nukus-Beruniy» avtomobil yo`lining 680 km.da harakatlanib ketayotgan «Nekciya» rusumli avtomobil boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.
Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






