AsosiyDunyo

Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi vaqtincha lavozimidan chetlatildi

'Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi vaqtincha lavozimidan chetlatildi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboev Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisielchisi Erik Utembaevni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlatish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

"Davlat rahbarining farmoni bilan Utembaev Erik Miltiqbaevich Qozog`istonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozim vakolatlarini bajarishdan vaqtincha chetlatildi", - deyiladi Qozog`iston prezidenti saytida e`lon qilingan axborotda.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning O`zbekistondagi elchisi davlat byudjeti mablag`larini juda ko`p miqdorda talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.

Diplomat mas`uliyatli davlat lavozimini egallab turgani holda, Qozog`istonning O`zbekistondagi ma`muriy binosida qurilish ishlarini amalga oshirish bo`yicha qasddan soxta hujjat imzolagan. Noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida etkazilgan zarar miqdori 140 million tengedan oshib ketgan.

    Boshqa yangiliklar