Hukumat qarori bilan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”giqarorga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, to`lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish asboblari ko`rsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste`molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qiladi, korxona esa bu haqida majburiy ijro byurosiga xabar berishi kerakligi belgilandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq ko`p kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar ichida o`rnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi va butunligi uchun iste`molchining javobgarligi belgilandi.
Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga tashqaridan ta`sir ko`rsatish ham qoida buzilishi hisoblanadi va majburiy ijro byurosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Xatlovdan o`tkazish dalolatnomasi tabiiy gaz iste`molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o`tkazish uchun echib olish sanasida tuzilishi belgilandi.
Bundan tashqari iste`molchilar gaz tarmoqlariga o`zboshimchalik bilan ulanganda, iste`mol qilingan gazning qiymatini undirish holatlariga aniqlik kiritildi.
Xususan, hisobga olishni noto`g`ri ko`rsatish maqsadida hisobga olish priboriga modem yoki boshqa vositalarning ruxsatisiz ulanganligi aniqlanganda – ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida, hisobga olish pribori buzilgan taqdirda yoki mavjud bo`lmaganda, plombalar uzilganda bir hisob-kitob davridan ko`p bo`lmagan vaqtda gazning qiymati undiriladi.






