1

Rishod Sobirov xalqaro turnirning dastlabki oltin medali sohibi

Sport 17.10.2014, 08:09
Rishod Sobirov xalqaro turnirning dastlabki oltin medali sohibi

“O`zbekiston” sport majmuasida boshlangan dzyudo bo`yicha Gran-pri turkumidagi xalqaro turnirning dastlabki kunida sportchilarimiz bittadan oltin va kumush medalni qo`lga kiritdi. Bu haqida O`zA xabar qiladi.
Dzyudo bo`yicha ikki karra jahon chempioni, Pekin va London Olimpiadalari sovrindori Rishod Sobirov 66 kilogramm vaznda turkiyalik Sinan Sandal, italiyalik Elio Verde, belaruslik Dmitriy Shershan, yarim finalda rossiyalik Denis Lavrentev, hal qiluvchi bellashuvda mo`g`ulistonlik Altansukx Dovdonni engib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.
Vazni 60 kilogrammgacha bo`lgan polvonlar bahsida Diyorbek O`rozboev vengriyalik Laslo Burjan, mo`g`ulistonlik Xerlen Ganbold, qozog`istonlik Gumar Qirg`izboevni mag`lubiyatga uchratib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Xalqaro turnir davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1