AsosiyDunyo

Nyu-Yorklik erkak va ayol 2,2 million dollarlik lotereya chiptalarini sotib oldi

'Nyu-Yorklik erkak va ayol 2,2 million dollarlik lotereya chiptalarini sotib oldi'ning rasmi

AQShning Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi Jozef Rauch va Stefani Roundri rekod darajadagi 1,6 milliard dollarlik sovrinni qo`lga kiritish maqsadida Mega Millions jekpotidan umumiy miqdori 2.2 million dollarga teng chiptalarni sotib olishdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Ularning ta`kidlashicha, yutuqdan umidlari juda katta. Hozirga qadar mazkur o`yinga 280 millionga yaqin chiptalar sotilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ularning 60 foizini Jozef Rauch va Stefani Roundri xarid qilgan. “Men allaqachon yutganimizga ishonaman. Biz barchasini hisob- kitob qilib ko`rganmiz. To`g`ri, bu juda katta tavakkal, ammo bu shunga arziydi”, dedi Jozef Rauch.

    Boshqa yangiliklar