Moliya vazirligi G`aznachiligida "Yoqilg`i energetika sohasidagi islohotlar samaradorlikka erishish uchun sharoit yaratish asosida ijtimoiy mas`uliyatni kuchaytirish" mavzusidagi ochiq muloqot bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov elektr energiyasi narixi o`sishi sabablarini izohladi, deb yozmoqda O`zA.
"O`zbekistonda har yili o`rta hisobda 64 milliard KVT/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shundan 83 foizi tabiiy gazni ishlatish orqali. Issiqlik elektrostansiyalari va issiqlik elektrosentrallarida 1 KVT/soat elekt-energiyasining ishlab chiqarish tannarxi 193,2 so`mni tashkil etadi, sotish narxi esa – 228,6 so`m, qo`shilgan qiymat solig`ini chiqarib tashlaganda 190,5 so`m. Demak, har bir KVT/soat elektr-energiyasini sotishdan "O`zbekenergo" AJ 2,7 so`m zarar ko`radi", - dedi J.Qo`chqorov.






