AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Avstriya universiteti bilan hamkorlikda turizm va iqtisod bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi

'O`zbekistonda Avstriya universiteti bilan hamkorlikda turizm va iqtisod bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi'ning rasmi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti (IMC University Krems) bilan hamkorlikda iqtisodiyot va turizm yo`nalishida kadrlar tayyorlanadigan yangi fakultet ochildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.

O`zbek-avstriya qo`shma fakultetida o`quv jarayonlari 2019 yildan boshlanib, ta`lim ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va IMC University Krems diplomi beriladi.

Qo`shma fakultetning bakalavriatiga 100 nafar talaba quyidagi yo`nalishlarda qabul qilinadi:

- “Eksportga ixtisoslashtirilgan menejment”;
- “Turizm va ko`ngil ochish maskanlari menejmenti”.

Shartnomaga ko`ra, talabalar magistraturada “Xalqaro biznes va eksportni boshqarish”, “Raqamli biznes innovasiyasi va transformasiya” mutaxassisliklari bo`yicha tahsil olishi mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar