Samarqand shahrida 26 nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.
Murojaat qilganlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ayni paytda bemorlarga kerakli muolajalar qilinmoqda. Bemorlarning ba`zilari ahvoli nisbatan og`ir ekani aytilmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bemorlar shaharning Sartepo massivida joylashgan Turizm kolleji yaqinidagi fast-fud taomlar tayyorlaydigan tamaddixonasida xot-dog iste`mol qilgan bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli organlar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.






